Iqtisod

MB ayrim banklar man etilgan komission haqlarni undirganini aniqladi

© SputnikUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik Oʻzbekiston
MB agar fuqarolarda bunday toʻlovlarni banklar tomonidan undirilganlik holatlari mavjud boʻlsa, qaytarish talabi bilan xizmat koʻrsatuvchi bankka murojaat etishni maslahat berdi

TOSHKENT, 29 iyun - Sputnik. Markaziy bank joriy yil birinchi kvartalda 20 ta tijorat bankining 212 ta filialida mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar, shuningdek bankka toʻlangan komission toʻlovlarni oʻrgandi va oʻrganish natijalariga koʻra, banklar tomonidan mijozlardan qonun hujjatlari bilan taʼqiqlangan komission haqlar undirish amaliyoti aniqlandi.

Bankovskiye kartы mejdunarodnыx platejnыx sistem VISA i MasterCard - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Byudjet ishchilarining maoshi toʻliq plastik kartaga oʻtkaziladi - MB

Shunga koʻra, barcha tijorat banklariga ular tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarning shartlarini toʻliq xatlovdan (inventarizatsiyadan) oʻtkazish va mijozlarga asossiz ravishda undirilgan komission toʻlovlarni qaytarish yuzasidan koʻrsatma berilgan.

Qonun hujjatlariga muvofiq tijorat banklari mijozlardan quyidagilar uchun toʻlov undirish huquqiga ega emas:

a) mijozning bank hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlarni kirim qilish (kredit aylanmasi uchun), shuningdek kredit byurosi va garov reyestri xizmatlari uchun toʻlovlar;

b) 2018 yil 24 martdan boshlab: 

kredit buyurtmalarini koʻrib chiqish (shu jumladan, kreditni tashkil etish uchun toʻlanadigan komissiyalar), ssuda hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatish (shu jumladan, kredit buyicha hisoblanadigan foizlardan tashqari, har oyda toʻlanadigan komission toʻlovlar, kreditga xizmat koʻrsatish uchun toʻlanadigan komissiyalar), kreditlar ajratish uchun (berilayotgan kredit summasidan toʻlanadigan bir martalik komissiya) amalga oshiriladigan toʻlovlar;

Zamestitel predsedatelya Tsentralnogo banka Uzbekistana Batыr Zaxidov - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Bank tizimini yil oxiriga qadar 3ta muhim yangilik kutmoqda - MB

- jismoniy shaxslar va kichik tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan kreditlar (mikroqarzlar)ni muddatidan oldin qaytarilganligi uchun toʻlanadigan neustoykalar.

MB shu munosabat bilan isteʼmolchilarda yuqorida qayd etilgan toʻlovlarni banklar tomonidan undirilganlik holatlari mavjud boʻlsa, uni qaytarish talabi bilan xizmat koʻrsatuvchi bankka murojaat etishni maslahat bergan. Shuningdek, isteʼmolchi oʻz shartnomasidagi yuqorida qayd etilgan toʻlov turlarini bekor qilishni xizmat koʻrsatuvchi bankdan talab qilish huquqiga egaligini eslatgan.

"Banklar tomonidan noqonuniy undirilgan komissiyalarni qaytarish hamda shartnomadagi qonun hujjatlariga zid boʻlgan shartlarni bekor qilish borasida muammolarga duch kelsangiz, u holda Siz Markaziy bankning Bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga yozma ravishda yoki (71) 200-00-44 raqamli koʻp kanalli yagona "Ishonch telefoni" orqali murojaat etishingiz mumkin", - deyiladi MB xabarida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala