Toshkent shahar hokimi anomal jaziramaga qarshi kurash boʻyicha farmoyish qabul qildi

© Sputnik / Mixail Fomichev / Fotobankka oʻtishJara v Moskve
Jara v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Hujjatda iyul oyida kuzatiladigan anomal isish davrida ehtiyotkorlik nuqtai nazaridan muhim boʻlgan vazifalar belgilangan

TOSHKENT, 29 iyun - Sputnik. Toshkent shahar hokimi anomal issiq davrda xavfsizlik choralarini koʻrish boʻyicha farmoyish qabul qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Devushka u fontana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda jazirama: harorat 45 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda

Hujjatda iyul oyida kuzatiladigan anomal isish davrida ehtiyotkorlik nuqtai nazaridan muhim boʻlgan vazifalar belgilangan, aholi hayoti va sogʻligʻi, davlat, jismoniy va yuridik shaxslar mulkini ishonchli saqlash va yongʻin xavfsizligini taʼminlash borasida qator chora-tadbirlar belgilangan.

Xususan, Toshkent shahar hokimligi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi hamkorligida mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar Toshkent shahridagi jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan ishlab chiqarish, umumiy ovqatlanish va savdo shoxobchalari, bozorlar va savdo komplekslarida yongʻin xavfsizligi hamda sanitariya-epidemiologik xavfsizlik masalalariga qaratilgan sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilish masalalari boʻyicha oʻrganish olib boriladi va tushuntirish-targʻibot ishlari oʻtkaziladi.

Tegishli tashkilotlar tomonidan oʻrganish natijalari boʻyicha aniqlangan kamchliklarni bartaraf etish yuzasidan koʻrsatma va tavsiyalar tayyorlab beriladi va ijrosi taʼminlanishi nazoratga olinadi.

Shuningdek, farmoyishda yongʻinlar paydo boʻlishiga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, obʼyektlardagi yongʻin xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishidagi xodimlarning malakasini oshirish koʻzda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala