O‘zbekiston IIV tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi

© PixabayPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xususan, Aziz Tashpulatov — O‘zbekiston Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari; Doniyor Kadirov — O‘zbekiston Ichki ishlar vazirining turizm va transport obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan

TOShKENT, 29-iyun - Sputnik. O‘zbekiston IIV tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati.

Xususan, Tashpulatov Aziz Anvarovich — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari; Kadirov Doniyor Baxtiyorovich — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining turizm va transport obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan.

Tashxodjayev Daniyar Baxtiyarovich — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i, Nazarmuxamedov Davron Abitovich — Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, Raxmonov Shavkat Navruzovich — Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, Mavlyanov Shovkat Taxirovich — Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egallagan.

Yangiliklar lentasi
0