Dunyoda

Qozogʻistonda minglab ishchilar xorijiy boshliqlarni doʻpposladi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Fotobankka oʻtishRemontnыe rabotы na stantsiyax Filevskoy linii moskovskogo metropolitena
Remontnыe rabotы na stantsiyax Filevskoy linii moskovskogo metropolitena - Sputnik Oʻzbekiston
Qozogʻiston choʻlidagi konlardan birida mahalliy ishchilar xorijiy kompaniya vakillarini doʻpposlashdi.

TOSHKENT, 30 iyun – Sputnik. Qozogʻistonning Atirau viloyati choʻlida joylashgan Tengiz posyolkasida 3GI korxonasining minglab ishchilar korxonaning xorijiy fuqarolardan iborat rahbariyatiga qarshi namoyishga chiqdi, Sputnik Qozogʻiston xabariga asosan.

Mingdan ortiq agressiv kayfiyatdagi ishchilar korxonaga tegishli boʻlgan avtobuslar oynalarini sindirib, xorijiy fuqarolarni doʻpposlashdi. Xabarda aytilishiga koʻra, xorijiy pudratchi CCEP kompaniyasining bir necha ishchisi jarohat olgan. Jarohat olganlarning umumiy soni 30 kishiga yetgan.

Ushbu tartibsizliklarga logistika boʻlimi boshligʻi vazifasida ishlayotgan liviyalik Eli Daud (Eli Daoud) ismli fuqaroning ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan surati sabab boʻlgan. Shov-shuvga sabab boʻlgan suratda u qoʻlida ratsiya ushlab turibdi. Ratsiyaning antennasi uning orqasida turgan qozogʻistonlik ishchi qizning lablari toʻgʻrisida aks etgan.

Ayni damda Tengiz posyolkasi Qozogʻiston energetika vazirning oʻrinbosari Maxambet Dosmuxambetov, Milliy xavfsizlik qoʻmitasi vakili, politsiya va sud vakillari yoʻl olishgan.   

Eli Daud ijtimoiy tarmoqlarda qozogʻistonliklardan kechirim soʻrab qoldirgan videosini yozib qoldirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala