TOSHKENT, 1 iyul – Sputnik. 30 iyun kuni Meksikaning Gvadalaxara shahrida kuchli doʻl yogʻdi. Bu haqda Economista nashri xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, ayrim joylarda yoqqan doʻlning balandligi bir metr yoki undan ham balandni tashkil etgan.
#Mexicana city turns white after freak hail storm blankets area in ice.The streets of sunny #Mexico were transformed into a winter wonderland overnight after a freak hail storm swept across the city of #Guadalajara #Ice up to 1.5cm thick carpeted the city in the western #Mexico pic.twitter.com/c9h3WH5ayR
— Brandi News Update (@brandilmelb) 1 iyulya 2019 g.
Mahalliy hukumat koʻchalarni doʻl uyumlaridan tozalash maqsadida ogʻir texnikani ishga solgan. Hozirda favqulodda vaziyatlar xizmati tabiiy ofatdan zarar koʻrgan binolarni tekshirmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan suratlarda muz qatlami koʻchaning katta qismini toʻsib qoʻygani, ayrim avtomobillar qariyb muz qatlami ostida qolib ketganini koʻrish mumkin. Koʻplab binolar qulab tushgan.
#Guadalajara blanketed in 1.5 metres of ice after massive #hailstorm#Mexico pic.twitter.com/4zpejukGlY
— Ruptly (@Ruptly) 1 iyulya 2019 g.
Maʼlum qilinishicha, hozircha tabiiy ofatdan jabrlanganlar haqida maʼlumot mavjud emas.
Xabarda bu kabi kuchli doʻl yogʻishi shahar tarixidagi ilk hodisa ekanligi qoʻshimcha qilingan.