Jamiyat

Mehnat vaziri Kudbiyev Fargʻonada fuqarolar bilan uchrashmoqda

© Press-slujba ministerstva truda UzbekistanaMinistr truda Sherzod Kudbiyev provel vыezdnoy priyem v Fergane
Ministr truda Sherzod Kudbiyev provel vыezdnoy priyem v Fergane - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Fuqarolarning mehnat huquqlarini buzilishiga hamda aholi bilan ishlashda xatoliklarga yoʻl qoʻygan bir nechta bandlikka koʻmaklashish markazi rahbarlari ishdan ozod etilgan

TOSHKENT, 1 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev Fargʻona viloyatida fuqarolar bilan sayyor qabulini oʻtkazmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga vazirlik matbuot xizmati.

Glava Ministerstva zanyatosti i trudovыx otnosheniy Sherzod Kudbiyev - Sputnik Oʻzbekiston
Mehnat vaziri Oʻzbekistonda qaysi sohalarda kadrlar tanqis ekanini aytdi

"Oʻtkazilgan qabul davomida 130 dan ortiq fuqarolar qatnashdi. Mehnat masalalari va bandlikka oid murojaatlari tinglandi, ijobiy hal etildi", - dedi Mehnat vazirligi vakili.

Taʼkidlanishicha, Kudbiyev bilan uchrashuvga kelgan fuqarolar murojaatining aksariyat qismi ish bilan taʼminlash (45 fuqaro), mehnat huquqi buzilayotgani (6), oilaviy tadbirkorlikni yulga qoʻyish (5) bilan bogʻliq boʻlgan.

Natijada, qabul jarayoninig oʻzida 11 nafar murojaatchining muammolari joyida bartaraf etilib, 42 ta murojaatlar belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun tegishli tashkilot hamda Aholi bandligiga koʻmaklashi markazlariga topshiriqlar berildi.

Fuqarolarning mehnat huquqlarini buzilishiga hamda aholi bilan ishlashda xatoliklarga yoʻl qoʻygan bir nechta bandlikka koʻmaklashish markazi rahbarlari ishdan ozod etilgan.

Ministr zanyatosti i trudovыx otnosheniy Uzbekistana Sherzod Kudbiyev - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Mehnat vaziri xususiy bandlik agentliklari xizmati narxi qachon arzon boʻlishini aytdi

"Murojaat kilayotganlarning kupchiligi ayollarni tashkil etmokda. Baʼzilari jamoat ishida doimiy ishlashni hoxlashadi. Ayrimlari esa "Menga oʻz sohamda ish topib bering", deb murojaat kilishmokda. Ish staji boʻlmasa-da, qoʻlida malakasini tasdiqlovchi diplomi ham bor. Masaslan, diplomida Axborot texnologiyalari boʻyicha mutaxassis, deb yozilgan. Aynan shu sohalarda mutaxassislar yetishmaydi oʻzimizda. Lekin, IT sohasi boʻyicha elementar Power Point programmasi nima uchun kerak, deb soʻrasangiz javob berisholmayapti. Men qanday qilib qoʻlidagi diplomi bilimiga mos kelmagan mutaxassisni ish beruvchiga tavsiya qilaman? Mana shu kabi nomutanosibliklar mehnat bozorida bugungi ishsizlikni keltirib chikarayotgan sabablaridan bittasi. Buni men ish beruvchi talabini qondirmaslik koeffitsiyenti, deb atayman. Bizdagi kasb-hunar taʼlim sifati yillar davomida ish beruvchilar talabini qondira olmasdan keldi", - deb aytgan vazir Fargʻona aholisi bilan boʻlib oʻtgan muloqot soʻngida.

Mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyevning viloyatlar boʻylab sayyor qabuli davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0