Dunyoda

Rossiyaning yirik onlayn-servislari “Yandeks” ustidan arz qilmoqchi

© Sputnik / Valeriy MelnikovOfis kompanii "Yandeks"
Ofis kompanii Yandeks - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiyaning Avito, Cian, Profi, 2Gis va Tutu kabi bir necha yirik onlayn-xizmatlari Yandeks qidiruv tizimi ustidan arz qilishmoqchi.

TOSHKENT, 1 iyul - Sputnik. Rossiyaning yirik internet xizmatlari “Yandeks” ustidan Monopoliyaga qarshi qoʻmitaga arz qilishga tayyor, deb xabar qilmoqda Interfaks.

Ofis internet-kompanii Yandeks - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Roskomnadzor “Yandeks”ga ultimatum qoʻydi

Avito, Cian, Profi, 2Gis, Tutu va yana bir necha saytlar xabar qilishiga koʻra, Yandeks qidiruv tizimi orqali ushbu xizmatlarga taaluqli boʻlgan soʻrovlar yuborilganda, qandaydir usul bilan ushbu soʻrovlar Yandeks.Nedvijimost, Yandeks.Market kabi Yandeks bilan bogʻliq xizmatlar saytiga olib keladi.

Oʻz sohasida bir necha yildan beri xizmat koʻrsatib kelayotgan ushbu servislar Rossiyada juda ommaviy, lekin Yandeks tufayli ular 15-20 %gacha mijozlarni yoʻqotmoqda.

Ushbu kompaniyalar fikriga koʻra “Yandeks” qoʻllayotgan uslub halol raqobatga zid va ular Monopoliyaga qarshi qoʻmitaga ariza berishga tayyor. Ushbu xabar paydo boʻlganidan soʻng yana bir necha onlayn xizmatlar Yandeks ustidan arizaga qoʻshilishga tayyor ekanliklarini xabar qilishgan.

Yangiliklar lentasi
0