O‘zbekistonning iqtidorli yoshlari mukofotlandi

© Sputnik / Tatyana MilkovichXIX Vsemirniy festival molodeji i studentov
XIX Vsemirniy festival molodeji i studentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Moliya vazirligi “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofotini topshiradi.

TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. O‘zbekistonning iqtidorli yoshlari “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.

Molodie lyudi tansuyut  - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda "Yoshlar kuni"ni keng nishonlanadi

Qaror mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faollik ko‘rsatib, o‘zining bilim va iqtidori, intiluvchanligi va tashabbuskorligi, halol va samarali mehnati bilan Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, yurt istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan fidoyi va mard o‘g‘lonlar munosib rag‘batlantirish maqsadida qabul qilingan.

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga “Yoshlar kuni” arafasida o‘tkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshiriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Moliya vazirligi “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlanadi.

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0