Shanba kun Xalqaro olimpiada kuniga bag‘ishlangan Xalq sayli bo‘lib o‘tadi

© StringerV Tashkente nachalis prazdnichnie gulyanya v chest Dnya nezavisimosti
V Tashkente nachalis prazdnichnie gulyanya v chest Dnya nezavisimosti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 6-iyul kuni Xalqaro olimpiada kuniga bag‘ishlangan Xalq sayli bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. O‘zbekistonda 6-iyul kuni Xalqaro Olimpiya kuniga bag‘ishlangan Xalq sayli – umummilliy sportmusobaqalar o‘tkaziladi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasining 26-iyun kuni o‘tkazilgan majlis bayonotida aytib o‘tilgan, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Majlis bayonotida aytilishiga ko‘ra “Tokio sari yo‘l” shiori ostida bo‘lib o‘tadigan Xalq sayli butun O‘zbekistonda   6 iyul kuni ertalab tong soat 8dan 8 daqiqia 8 soniya o‘tganda boshlanib, kech soat 7 dan 7 daqiqa va 7 soni o‘tganda tugaydi.

Shu bilan birga, 6-iyul – O‘zbekistonda avtomobilsiz harakatlanish kuni deb hisoblansin, deyilgan bayonotdi.

O‘zbekiston bo‘yicha Xalqaro olimpiya kuniga bag‘ishlab o‘takazilayotgan tadbirlar:

  • Maktabgacha ta’lim muassasalari orasida, Umumta’lim maktablari, litsey va kollejlar orasida musobaqalar;
  • “Yoshlar ittifoqi” tomonidan markaziy bog‘larda tashkil qilinayotgan tadbirlar, Oliy ta’lim muaasalari o‘quvchilari orasida musobaqalar;
  • Tuman, shahar, bolalar-o‘smirlar  sport maktablari, olimpiya zahiralari maktab-internatlari tarbiyalanuvchilari orasita turli sport turlari bo‘yicha musobaqalar, master-klasslar  o‘tkaziladi.
  • Barcha istirohat bog‘lari va parklarda bayramona sport tadbirlari, taniqli estrada xonandalari ishtirokida konsertlar bo‘lib o‘tadi.
  • Yozgi dam olish muassasalarida dam olayotgan o‘quvchilar orasida ham bayram tadbirlari tashkil etiladi
  • Bog‘ va suv havzalarida aviamodel, avtomodel, raketomodel, kemamodel,va boshqa sport tulari bo‘yicha yoshlar ko‘rgazmali mahorat-saboqlari tashkil etiladi.

Tadbirlar bo‘lib o‘tadigan joylarda tartib intizomni saqlash bilan ichki ishlar vazirligi, tibbiy xavfsizlik bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi shug‘ullanadi.

Toshkentda bo‘lib o‘tadigan asosiy tadbirlar jadvali:

  • Alisher Navoiy milliy bog‘da soat 08:00 dan 11:00 gacha, yengil atletika, dzudo, boks, tayekvondo bo‘yicha musobaqalar.
  • Amir Temur xiyobonida soat 09:00 dan 11:00 gacha karting va motokross bo‘yicha musobaqalar;
  • Anhor bo‘yi kanalida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha;
  • Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab ot sporti namoyishi bo‘lib o‘tadi.
  • 6 iyulda karting, motosport, ot sporti poygalari va paradlari tashkil qilinadi.

Xalq sayli 6-iyul kech soat 19:07 da Xumo Arena sport majmuasida  taniqli aktorlar va estrada xonandalari ishtirokila bo‘lib o‘tadigan Gala konsert bilan yakunlanadi. Turizm qo‘mitasi Xumo Arena yaqiniga 2ta havo shari uchib yurishini ta’minlaydi.

 

Yangiliklar lentasi
0