Bosh prokuraturada yangi tayinlovlar amalga oshirildi

© Sputnik / Aleksey DrujininPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh prokuraturaning Ichki xavfsizlikni ta’minlash, Kadrlar, Qishloq xo‘jaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat, Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmalari boshliqlari tayinlandi.

TOShKENT, 3-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Otabek Muradov(sleva) - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev ikkinchi bosh prokuror ham nega ishdan olinganini aytdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Nodirbek Nu’manovich Boytemirov Bosh prokuratura Ichki xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Nodirbek Boytemirov 1973-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1995-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1995-yilda Farg‘ona shahar prokuraturasining ish o‘rganuvchisi sifatida boshlab, prokuratura organlarida turli lavozimlarda, jumladan Bosh prokuratura ichki xavfsizlikni ta’minlash inspeksiyasi boshlig‘i, Xorazm viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

Tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni bo‘lim mudiri lavozimida ishlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Sodiqjon Raximovich Nazarov Bosh prokuratura Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Sodiqjon Nazarov 1961-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1985-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Predsedatel Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Nigmatilla Yuldashev - Sputnik O‘zbekiston
Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston Bosh prokurori etib tayinlandi

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1992-yilda Sirdaryo tumani prokurorining yordamchisi lavozimida ish o‘rganuvchi sifatida boshlab, Sharof Rashidov, Xovos, Sardoba, Sayxunobod tumanlari prokurori, Bosh prokuratura va Sirdaryo viloyat prokuraturasining turli lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Tayinlangunga qadar Sirdaryo viloyati prokuraturasi fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash bo‘limi prokurori lavozimida ishlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Shavkatjon Jo‘rayevich Rahimov Bosh prokuratura Qishloq xo‘jaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shavkatjon Rahimov 1968-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1994-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1996-yilda Norin tumani prokuraturasi tergovchisi lavozimida ish o‘rganuvchi sifatida boshlab, prokuratura organlarida turli lavozimlarda, jumladan To‘raqo‘rg‘on tumani prokurori, Namangan viloyati prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i, Bosh prokuraturada boshqarma katta prokurori sifatida faoliyat olib borgan.

Generalniy prokuror Uzbekistana Otabek Murodov - Sputnik O‘zbekiston
Otabek Murodov O‘zbekiston Bosh prokurori lavozimidan ozod etildi

Tayinlangunga qadar Bosh prokuratura Qishloq xo‘jaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Sodikjon Alijonovich Berdialiyev  Bosh prokuratura Ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Sodiqjon Berdialiyev 1976-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2000-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2012-yili Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2000-yilda Andijon shahar prokuraturasi ish o‘rganuvchisi sifatida boshlab, prokuratura organlarida turli lavozimlarda, jumladan Andijon shahar prokurori, Toshkent viloyati prokurorining o‘rinbosari, Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan.

Tayinlangunga qadar Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro burosi direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0