Dunyoda

Putin raketalar boʻyicha oʻta muhim qonunni imzoladi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin provel soveщaniye po voprosam obespecheniya texnicheskogo pereosnaщeniya Voorujennыx sil
Prezident RF V. Putin provel soveщaniye po voprosam obespecheniya texnicheskogo pereosnaщeniya Voorujennыx sil - Sputnik Oʻzbekiston
Hujjat imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.

TOSHKENT, 3 iyul – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oʻrta va kichik masofadagi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi shartnoma bajarilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi federal qonunga imzo chekdi. Tegishli hujjat huquqiy axborot rasmiy internet portalida eʼlon qilingan.

Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Yejegodnoye poslaniye prezidenta RF V. Putina Federalnomu Sobraniyu - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH Yevropada qurol joylashtirsa, Rossiya oʻz raketalarni AQShga yoʻnaltiradi - Putin

“Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi va Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasida 1987 yil 8 dekabrda Vashingtonda imzolangan Oʻrta va kichik masofadagi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi shartnoma bajarilishi toʻxtatilsin”, - deyiladi hujjat matnida.

Qonunda Rossiya tomonidan shartnomani qayta tiklash toʻgʻrisidagi qaror davlat rahbari tomonidan qabul qilinishi belgilangan.

Ushbu shartnoma Mixail Gorbachev va Ronald Reygan tomonidan 1987 yilning dekabrida imzolangan edi. 1991 yilning iyun oyiga kelib shartnoma bajarilgan: Sovet Ittifoqi 1846 dona, AQSH esa 846 dona raketa komplekslarini yoʻq qilgan. Biroq, AQSH yetakchisi Donald Tramp 2 fevraldan boshlab AQSH ushbu shartnomadan chiqishini eʼlon qildi. Rossiya shartnoma majburiyatlariga qatʼiy rioya qilib kelayotganini bir necha bor maʼlum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala