O‘zbekiston U-16 terma jamoasi “CAFA U-16 championship-2019” musobaqasida ishtirok etadi

© Sputnik / Alexey Kudenko / Mediabankka o‘tishFutbolniy mach
Futbolniy mach - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Azamat Abduraimov shogirdlari uchun Tojikistondagi musobaqa bo‘lajak saralash o‘yinlari uchun tayyorgarlik vazifasini o‘tib beradi.

TOShKENT, 3-iyul – Sputnik. Joriy yilning 26-iyul – 1-avgust kunlari Tojikistonda Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkaziladigan “CAFA U-16 championship-2019” musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

O‘FAning ma’lum qilishicha, mazkur musobaqada O‘zbekiston, Tojikiston, Eron, Turkmaniston, Afg‘oniston va Qirg‘izistonning o‘smirlar terma jamoalari ishtirok etishadi. 

Ma’lumki, O‘zbekiston U-16 terma jamoasi shu yilning 14-22 sentabr kunlari Toshkentda tashkil etiladigan Osiyo chempionati 2020 saralash bahslarida qatnashadi. Shu tariqa Azamat Abduraimov shogirdlari uchun Tojikistondagi musobaqa bo‘lajak saralash o‘yinlari uchun tayyorgarlik vazifasini o‘tib beradi.

Quyida “CAFA U-16 championship-2019” taqvimi keltirilgan.

1-tur

26 iyul (juma)

O‘zbekiston – Tojikiston

Qirg‘iziston – Eron

Afg‘oniston – Turkmaniston

2-tur

27 iyul (shanba)

Tojikiston – Turkmaniston

Afg‘oniston – Qirg‘iziston

O‘zbekiston – Eron

3-tur

29 iyul (dushanba)

Turkmaniston – O‘zbekiston

Eron – Afg‘oniston

Tojikiston – Qirg‘iziston

4-tur

30 iyul (seshanba)

Qirg‘iziston – Turkmaniston

Eron – Tojikiston

Afg‘oniston – O‘zbekiston

5-tur

1 avgust (payshanba)

Turkmaniston – Eron

O‘zbekiston – Qirg‘iziston

Tojikiston – Afg‘oniston

Yangiliklar lentasi
0