Piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochgan haydovchi qo‘lga olindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPeshexodniy perexod v Tashkente
Peshexodniy perexod v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haydovchi 21 yoshli piyodani urib yuborgan va voqea joyidan yashiringan. Natijada fuqaro olgan jarohat tufayli halok bo‘lgan.

TOShKENT, 4-iyul – Sputnik. Qashqardaroda piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochgan haydovchi qo‘lga olindi.

Mertviy chelovek na asfalte - Sputnik O‘zbekiston
YTH: mashinada piyodani urib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda

IIV xabariga ko‘ra, 25-may kuni noma’lum haydovchi Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani hududidan o‘tuvchi avtomagistral yo‘lining 16-km.da 21 yoshli piyoda D.T.ni urib yuborgan va voqea joyidan yashiringan.

Natijada D.T. jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyati ishi qo‘zg‘atilgan edi.

“Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Yakkabog‘ tumani Jiyda qishlog‘i, Jiyda MFYda yashovchi 33 yoshli B.H. o‘zining “Damas” rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan”, - deyiladi xabarda.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0