Iqtisod

Oʻzbekiston hukumati energoresurslar tariflarini oshirmoqchi

© Sputnik / Petr Chernov / Mediabankka oʻtishEnergosberegayuщiye lampochki
Energosberegayuщiye lampochki - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Energoresurslar tariflari inflyatsiya darajasini hisobga olgan holda optimallashtiriladi. Tarif islohotlari ogʻriqsiz kechishi uchun eng kam ish haqini oshirish rejalashtirilmoqda

TOSHKENT, 6 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston hukumati energoresurslar tariflarini oshirmoqchi. Ushbu masala Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 5 iyul kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida koʻrib chiqilgan.

Lampы nakalivaniya - Sputnik Oʻzbekiston
Energetika vazirligi elektr-energiyasi narxini koʻtarish boʻyicha yangi taklifni tayyorlamoqda

Oʻzgarishlar amalga oshirilishi muddati hozircha eʼlon qilingani yoʻq.

Prezident matbuot xizmatida taʼkidlanishicha, oxirgi ikki yilda aholi, ijtimoiy va ishlab chiqarish obʼyektlarini uzluksiz elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan taʼminlash borasida qator ishlar amalga oshirilgan.

"Ushbu yoʻnalishdagi ishlarni yanada yaxshilash maqsadida tegishli tarmoqlarni modernizatsiya qilish, energiya tejamkor texnologiyalarni qoʻllash va xarajatlarni optimallashtirish talab etilmoqda. Bularsiz tarmoqlarning moliyaviy ahvolini yaxshilash va sohaga faol investitsiyalarni jalb qilish imkonsiz", - deyiladi xabarda.

Ayni paytda aholi uchun tariflarni keskin oshirmasdan, inflyatsiya darajasiga yaqin miqdorda oʻzgartirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan. Tarif islohotlari xalqqa yengil boʻlishi uchun eng kam ish haqini ham oshirish rejalashtirilgan.

Prezident tariflarni tartibga solish boʻyicha taklif etilayotgan islohotlarni aholiga toʻliq yetkazish zarurligini taʼkidlagan.

Gazovыy elektronnыy schetchik - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Gaz va svet narxi oshmaydigan boʻldi

"Soliq islohotlarini targʻib qilish boʻyicha Respublika ishchi guruhi aʼzolari, shuningdek, mahalliy kengashlar deputatlari, iqtisodiyot va kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari mutasaddilari joylarga borib, har bir mahallada aholiga tariflar oʻzgarishining mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha vazifalar belgilandi", - deyiladi xabarda.

Yigʻilishda soliq islohotlarini targʻib qilish boʻyicha Respublika ishchi guruhi aʼzolari, shuningdek, mahalliy kengashlar deputatlari, iqtisodiyot va kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari mutasaddilari joylarga borib, har bir mahallada aholiga tariflar oʻzgarishining mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha vazifalar belgilandi.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq hukumat tabiiy va suyultirilgan gaz, shuningdek elektr energiya narxi 1 iyundan boshlab takroriy oshirilishi boʻyicha chiqarilgan qarorni bekor qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0