O‘zbekistondagi eng katta poligon Samarqand viloyatida qurilmoqda

© Sputnik / Mixail Alayeddin / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashie Uzbekistana i Belarusi provedut sovmestnie ucheniya
Voyennoslujashie Uzbekistana i Belarusi provedut sovmestnie ucheniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelgusida O‘zbekiston mezbonlik qiladigan Xalqaro musobaqalarning ayrimlari aynan shu poligonda o‘tkaziladi

TOShKENT, 6-iyul - Sputnik. Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida Mudofaa vazirligi tizimidagi eng katta poligon qurilmoqda, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.

V Uzbekistane proshel vtoroy po schetu Tankoviy biatlon. Territoriya na kotorom provodilas bitva titanov polnostyu sootvetstvuyet mejdunarodnim standartam, soobshili organizatori - Sputnik O‘zbekiston
“Chirchiq” poligonida qudratli texnikalar bellashuvi yakunlandi

"Markaziy harbiy okrugidagi "Kattaqo‘rg‘on" poligonida Samarqand viloyati harbiy-ma’muriy sektori bilan hamkorlikda hududi va salmog‘i jihatidan O‘zbekistondagi birinchi raqamli harbiy poligon barpo etilyapti", - deyilgan xabarda.

Kattaqo‘rg‘on shahridan 200 km uzoqlikdagi poligonda olib borilayotgan qurilish ishlari joriy yilning 25-may kunidan boshlangan va shu vaqtga qadar 13 mlrd. so‘m mablag‘ sarflangan. Yana shuncha mablag‘ hisobidan poligon hududida 16 ta harbiy va ijtimoiy obyektlarda kapital ta’mirlash hamda 4 ta yangi binoni jihozlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga 1200 nafar harbiy xizmatchi uchun yotoqxona barpo etilgan.

Jangovar texnikalar parkida 150 dan ziyod harbiy texnikalar uchun ochiq maydon hamda yopiq binolar barpo etilmoqda.

Poligonning katta qismi harbiy-ma’muriy sektor yordamida, 40 ga yaqin o‘quv nuqtalari esa harbiy xizmatchilarning mashg‘ulotlaridan bo‘sh vaqtlarda bunyod etilmoqda. Eski poligondan farqli tomoni bir vaqtning o‘zida barcha mutaxassisliklar hamda qo‘shin turlari bir-biriga xalaqit qilmay o‘z istehkomlaridan mashg‘ulotlarga kirishadi.

Voyennoslujashie provodat razminirovanie territorii  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda birinchi marotaba Xalqaro armiya o‘yinlari o‘kaziladi

Bundan tashqari, dala maydonida real jang manzarasini gavdalantirish maqsadida aviatsiya zarbalari uchun harbiy hisobdan chiqarilgan 18 ta tank va texnikalar, shuningdek, artilleriya bo‘linmalar uchun maxsus nishonlar qo‘yilgan.

Jangovar texnikalardan otish yo‘nalishlarida zamonaviy jang taktikasidan kelib chiqib, qisqa soniyalarda manyovr qo‘llash obyektlari qurilyapti. Barcha kuch-vositalarini boshqarish, hamkorlikdagi harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 3 qavatdan iborat qo‘mondonlik kuzatuv minorasi barpo etilmoqda.

Kelgusida O‘zbekiston mezbonlik qiladigan Xalqaro musobaqalarning ayrimlari aynan shu poligonda o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, poligonda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish maqsadida optik tolali kabellar tortilgan. Yer ostidan suv qazib chiqarilgan. Okrug boshqaruv apparati tashabbusi bilan askarlar uchun ko‘rgazmali o‘quv shaharcha bunyod etilgan.

Yangiliklar lentasi
0