Qovun va tarvuz: vazirlik Paxtachidagi holatga aniqlik kiritdi

© Sputnik / Amir Isayev / Mediabankka o‘tishDini na prilavke
Dini na prilavke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash vazirligi qovun-tarvuzlarni laboratoriyalarda tekshiruvdan o‘tkazib, keyin sotishlari o‘ta muhim ekanligini eslatib o‘tdi.

TOShKENT, 9-iyul – Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Paxtachida qovun-tarvuzlar laboratoriya tekshiruvisiz sotilmoqda. Mutasaddi tashkilotlar nega nazorat olib bormayapti?” maqolasi yuzasidan bayonot tayyorladi.

Fermerskoe xozaystvo v Krasnodarskom krae - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiyada bir bosh uzum 11 ming dollarga sotildi

Bayonotda aytilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 532-sonli qaroriga muvofiq, bozorlar, savdo tashkilotlari va boshqa savdo obyektlarida poliz mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish, saqlash hamda realizatsiya qilish uchun Veterinariya uchastkalari va bozorlar veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari tomonidan veterinariya-sanitariya ekspertizasi va laboratoriya tahlillari o‘tkazilib, xulosa beriladi.

Shunga ko‘ra, hozirda dehqon bozorlari hududida sotilayotgan poliz mahsulotlari xavfsizlik ko‘rsatkichlariga tekshirish va realizatsiya qilishga ruxsat beruvchi ma’lumotnoma yozib berish vakolati faqat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tasarrufidagi dehqon bozorlari qoshida joylashgan veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari (VSEL) tomonidan amalga oshirilmoqda. Ushbu laboratoriyalarda tahlillar o‘tkazilmasa yoki tahlil natijalari meyorlarga javob bermasa, qishloq xo‘jaligi, jumladan, poliz mahsulotlarini bozorlar, savdo shoxobchalariga olib kirish va sotish qat’iy taqiqladi.

Bozorlardan tashqari joylarda poliz mahsulotlarini sotish faqat mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan dislokatsiya bo‘yicha ajratilgan joylarda amalga oshirilishi hamda hududiy VSEL ma’lumotnomasi bilan sotilishi lozim.

– “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan murojaat bo‘lganda qishloq xo‘jaligi va poliz mahsulotlari davlat tomonidan xavfsizlik ko‘rsatgichlari bo‘yicha laboratoriyada tekshirilishi va tegishli xulosalar berilishi mumkin. Ya’ni, amaldagi qonunchilikda sanitariya-epidemiologik xulosalar olinishi ixtiyoriy bo‘lib, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan murojaat bo‘lganda, ushbu mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonida, shuningdek, aholi o‘rtasida kasallanish holatlari to‘g‘risida xabar kelib tushgan holatlardagina Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi qishloq xo‘jaligi va poliz mahsulotlarining xavfsizlik ko‘rsatkichlarini laboratoriyalarda to‘liq tekshirib berish vakolatiga ega bo‘ladi. Hududiy DSENMlarida esa bunday tekshiruvlarni o‘tkazish imkoniyati mavjud," – deydi Davlat Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh vrachi Bahrom Almatov.

Yangiliklar lentasi
0