Jamiyat

Jazirama va garmsel: Oʻzbekistonda juda issiq ob-havo boʻlishi kutilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovJiteli i gosti Tashkenta u fontana v jarkiy den
Jiteli i gosti Tashkenta u fontana v jarkiy den - Sputnik Oʻzbekiston
11-18 iyulda respublika boʻyicha havo harorati oʻrtacha koʻp yillik qiymatlaridan 5-7 darajaga yuqori boʻlgan juda issiq ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 10 iyul – Sputnik. 11—18 iyulda Oʻzbekiston boʻyicha havo harorati oʻrtacha koʻp yillik qiymatlaridan 5-7 daraja yuqori boʻlgan juda issiq ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

Bu haqda "Oʻzgidromet" maʼlum qildi.

Devushka u fontana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda jazirama: harorat 45 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda

Havo kunduz kunlari 40-42 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda 43-45  darajagacha boʻladi.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida garmsel boʻlishi mumkin.

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida harorat fonining koʻtarilishi hisobiga Tojikiston va Qirgʻiziston hududlaridan glyatsial (muzli) sel toshqinlari oʻtishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala