“Ishonch telefoni”ga xotin-qizlardan 15 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushdi

CC0 / pixabay / Devushka v pole
Devushka v pole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Ishonch telefoni”ga murojaatlar asosan Toshkent shahar, Qashqadaryo, Buxoro, Andijon, Xorazm viloyatlaridan kelib tushmoqda.

TOShKENT, 11-iyul – Sputnik. Bu yil besh oyi davomida qisqa raqam “1146 – Ishonch telefoni”ga respublika xotin-qizlaridan 15 mingdan ziyod murojaat kelib tushdi. Bu haqda bugun o‘tkazilgan matbuot anjumanda Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Basitxanova ma’lum qildi.

Jenshina iz Bulungura, postradavshaya ot poboyev supruga - Sputnik O‘zbekiston
Xotin-qizlar qo‘mitasi eri ayovsiz kaltaklagan kelinchakni o‘z himoyasiga oldi

Ularning eng ko‘pi uy-joy, oilada o‘zaro kelishmovchilik, sud qaroridan norozilik, aliment undirish va mahalladan moddiy yordam olish masalalari tashkil etadi.

“Ishonch telefoni”ga murojaatlar asosan Toshkent shahar, Qashqadaryo, Buxoro, Andijon, Xorazm viloyatlaridan kelib tushmoqda.

2018 yilda ayollarga nisbatan jami 5 664 holatda tazyiq va zo‘ravonliklar sodir etilgan bo‘lib, sodir etilgan jinoyatlar natijasida 932 nafar ayol jabr ko‘rgan.

Bugungi kunda joylarda 165 ta zo‘ravonlikdan jabr ko‘rganlar uchun reabelitatsiya markazlari tashkil etilgan. Bu markazlarga 5 mingdan ortiq ayollar qabul qilindi. Ulardan 815 nafar ayol tibbiy yordam, 1486 nafariga psixolog yordami ko‘rsatildi.

Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va kredit olish uchun 496 ayolga yordam ko‘rsatilib, 743 ayol ish bilan ta’minlandi.    

Yangiliklar lentasi
0