"Nikol Pak" Angren Pakga $75 million investitsiya kiritadi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishProizvodstvo termochuvstvitelnoy bumagi dlya izgotovleniya chekovoy lenti v Kaliningrade
Proizvodstvo termochuvstvitelnoy bumagi dlya izgotovleniya chekovoy lenti v Kaliningrade - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning "Nikol Pak" korxonasi 25 % davlat ulushi aksiyalarini "0 qiymatda" olish hisobidan Angren qog‘oz fabrikasiga 75 million dollarlik investitsiya kiritadi.

TOShKENT, 11-iyul - Sputnik. Rossiyaning “Nikol Pak” kompaniyasi Toshkent viloyatida joylashgan "Angren Pack" AJda o‘z ulushini 53%dan 78 %shacha oshiradi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, O‘zbekiston hukumati imzolagan qarorga asosan.

Predpriyatie po proizvodstvu bumagi iz kamnya v Fergane - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada toshdan qog‘oz ishlab chiqaruvchi korxona quriladi

Qarorda aytilishiga ko‘ra, Rossiya korxonasi 2019 – 2020-yillarda, O‘zbekistonda eng yirik qog‘oz ishlab chiqaruvchi korxonasiga 75 millon dollarlik sarmoya kiritadi. Buning evaziga bo‘lgan, "Angren Pack"ning davlatga tegishli bo‘lgan 25 % aksiyalari “Nikol Pak” ixtiyoriga nol qiymatida topshiriladi.

Xususan, ushbu mablag‘lar evaziga sarmoyador korxona uskunalarini yangilashi va umumiy hajmi 6 million tonna bo‘lgan bitumli, gidroizolyatsiya va uy tomini yopishga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi kerak bo‘ladi. Undan tashqari 300 ming metr kub ekstruzion penopolisterol ham ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi kerak, deyilgan hujjatda.

Proizvodstvo termochuvstvitelnoy bumagi dlya izgotovleniya chekovoy lenti v Kaliningrade - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida sellyuloza-qog‘oz kombinati quriladi

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda "Nikol Pak" Angrendagi korxonaning 53% aksiyalarini Chexiyaning  Paper Mill Holding korxonasidan sotib olgan edi.

Angren Pak, sobiq "Promkartontorg" – O‘zbekistonning eng yirik qog‘oz fabrikasi bo‘lib, u yerda yilga 100 ming tonna tara kartoni, 120 million m2 gofrotara va 100 ming m2 tolali plitalar ishlab chiqariladi. Korxona shuningdek tualet qog‘ozi, salfetka va sochiqlar ham ishlab chiqaradi.

Yangiliklar lentasi
0