Ekspert qalt-qalt titragan Merkel nimalar deganini ma’lum qildi

© REUTERS / Fabrizio Bensch Kansler Germanii Angela Merkel
Kansler Germanii Angela Merkel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Germaniya kansleri Angela Merkelni Finlyandiya bosh vaziri Antti Rinne bilan uchrashuvda bir oy ichidagi uchinchi marta titroq bosdi.

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Lablar harakatidan so‘zlarni anglay oladigan mutaxassis Judit Xarter Germaniya kansleri Angela Merkel titroq tutgan vaqtda nimalar deb shivirlaganini ma’lum qildi. Bu haqda ekspert Antenne Bayern radiostansiyasiga intervyu berdi.

Angela Merkelni 10-iyulda Finlyandiya bosh vaziri Antti Rinne bilan uchrashuvda bir oy  ichidagi uchinchi marta titroq bosdi. U aʼzoyi badanini titroq qamrab olganiga qaramasdan joyidan jilmadi. O‘zini qo‘lga olish maqsadida bir necha marotaba turgan holatini o‘zgartirishga urindi. Hatta oyoqlari ham qalt-qalt titrayotganini ko‘rish mumkin. Fin hukumati rahbari bu holatga e’tibor bermaydi.

Keyinchalik kansler jurnalistlarga  tobi yaxshi ekani va xavotirga sira o‘rin yo‘qligini aytgan.

Merkelni titroq bosgan holat aks etgan videoda u hamkasbiga qaramasdan qandaydir so‘zlarni shivirlayotganini ko‘rish mumkin. Ekspertning kansler “Men uddalay olaman” ("Ich schaffe das") degan jumlani bir necha marotaba takrorlaganiga ishonchi komil.

Qayd etish joizki, bu bir oy ichida shunga o‘xshash uchinchi holatdir. Iyun oyida Merkelni Berlinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda titroq bosgandi.

Keyinroq Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashuv chog‘ida ham uni kuchli qaltiroq tutib qolgandi.

Yangiliklar lentasi
0