Jamiyat

Oʻzbekistonda OTM rektorlari vakolati kengaytirildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka oʻtishStudentы v auditorii VUZa
Studentы v auditorii VUZa - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Talabalarni qabul qilish tartibi, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati hamda mahalliy va xorijiy professor-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini hamkor xorijiy OTMlari bilan kelishuv asosida belgilaydi.

TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston  Prezidentining 2019 yil 11 iyulda qabul qilingan PQ-4391-sonli Qarori bilan OTM rektorlari vakolati kengaytirildi.

Endilikda OTM rektorlari quyidagi vakolatlarga ega:

Kupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining qator xodimlari ish haqi oshirildi

- oliy taʼlim muassasalarining tuzilmalarini boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi;

- OTM huzuridagi ilmiy-tadqiqot muassasalari, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari rahbarlari, akademik litseylar direktorlarini, boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlaydi va ozod etadi;

- fakultet dekanlarini lavozimga tayinlaydi va ozod etadi;

- toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalar uchun kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddatlarini  uzaytiradi;

- mahalliy va xorijiy OTMlarining oʻzaro kelishuvi doirasida amalga oshirilayotgan qoʻshma taʼlim dasturlari, jumladan, qoʻshma fakultetlarda:

Studentы v auditorii - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi tugatildi

- talabalarni qabul qilish tartibi, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati hamda mahalliy va xorijiy professor-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini hamkor xorijiy OTMlari bilan kelishuv asosida belgilaydi;

- oʻqishga qabul qilish parametrlari, taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini hamkor xorijiy OTMlari, boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora hamda OʻzR Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.

2020 yildan boshlab taʼlim xizmatlari bozorida OTMlarining ayrim bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga talab yuqoriligi va moliyaviy barqarorligini inobatga olib, ularni bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtadi.

Yangiliklar lentasi
0