Koreyaga ketish uchun imtihonlar onlayn translyatsiya qilinmoqda

© MintrudPredaritelniy ekzamen dlya raboti v Koreyu
Predaritelniy ekzamen dlya raboti v Koreyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mehnat vazirligi Koreyaga ketish uchun o‘tkazo‘ilayotgan imtihonlarni onlayn translyatsiya qilmoqda.

TOShKENT, 14-iyul – Sputnik. Bugun Koreyaga ketish uchun topshiriladigan EPS-TOPIC imtihonlariga kirish uchun koreys tilini bilish bo‘yicha saralash test sinovlari o‘tkazilmoqda, deb xabar qilmoqda Mehnat vazirligi matbuot xizmati.

Saralash test imtihonlarida jami 750 nafar nomzodning ishtirok etishi belgilangan. Ular test sinoviga avvaldan shakllantirilgan ro‘yxat asosida kiritiladi. Test sinovlari 14-iyul kuni soat 08:00 dan 20:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Imtihon jarayonining shaffofligini ta’minlash maqsadida test o‘tkazilayotgan binoga va auditoriyaga 30 dan ortiq kuzatuv kameralari, jarayonni to‘liq kuzatib borish uchun maxsus aylanma videokameralar o‘rnatilgan. Shuningdek, imtihon jarayonlarini real vaqt davomida kuzatib borish uchun Mehnat vazirligi saytida onlayn namoyish uzatilmoqda.

Sdacha migrantami ekzamena po russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada ishlashni istovchilar Toshkentda pullik imtihon topshirishlari mumkin

Ma’lumot uchun, imtihonda koreys tilidan 40ta savol taqdim etiladi. Mazkur savollarning 20 tasi matnli, 20 tasi audio variant hisoblanadi. Test savollarini bajarish uchun 45 daqiqa ajratilgan. Imtihon 100 balli tizimda baholanib, har bir to‘g‘ri javob uchun 2.5 ball beriladi.

Nomzod test savollarini bajarib bo‘lgach, testni yakunlash tugmachasini bosadi va shu zahoti monitor orqali qancha ball to‘plaganligini bilib oladi. Bundan tashqari, har bir nomzodning test natijalari qog‘ozda chop etilib, nomzodga taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0