Habib Nurmagomedov butilka ochish bo‘yicha fleshmobda ishtirok etdi - video

© Sputnik / Anton DenisovTrenirovka boysa Xabiba Nurmagomedova
Trenirovka boysa Xabiba Nurmagomedova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bottle Cap Challenge nomli chellendj internetda keng tarqalmoqda. Nurmagomedov ham bu fleshmobda qatnashdi.

TOShKENT, 15-iyul – Sputnik. Rossiyalik UFC jangchisi Habib Nurmagomedov Bottle Cap Challenge’da ishtirok etdi.

Jahon chempioni butilka qopqog‘ini oyog‘i bilan emas, qo‘l zarbasi bilan ochdi.

Bottle Cap Challenge nomli chellendj internetda keng tarqalmoqda. Bu yerda asosiysi - aylanib, oyoq zarbasi bilan butilka qopqog‘ini ochish kerak, bunda idish ichidagi suyuqlik harakatsiz qolishi kerak. Birinchilardan bo‘lib yangi trukni UFC yengil vazn chempioni Maks Xollouey, irlandiyalik jangchi Konor Makregor va gollivudlik aktor Jeyson Statxem bo‘ldi.

Bundan avval 7-sentabrda, Abu-Dabida  rossiyalik Habib Nurmagomedov va aqshlik Dastin Puarye jang o‘tkazilishi haqida Sputnik xabar qilgandi.

Bu diskvalifikatsiyadan so‘ng Nurmagomedov uchun birinchi jang bo‘ladi.

Rossiyalik jangchi 27 ta jangda 27-marta g‘alaba qozongan.

Bundan avval Rossiyalik aralash kurash jangchisi Habib Nurmagomedov UFC bilan yangi shartnomani imzolagandi. Unga ko‘ra, u eng ko‘p maosh oladigan jangchi bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0