Nigeriyalik senator Qirg‘iziston hukumatini javobgarlikka tortishga chaqirdi

© Sputnik KirgizstanSotrudniki militsii okolo zdaniya SUMa v Bishkeke
Sotrudniki militsii okolo zdaniya SUMa v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nigeriyalik senator Shexu Sani vatandoshi Ali Abubakr o‘limi uchun Qirg‘iziston hukumatini javobgarlikka tortishga chaqirdi.

TOShKENT, 15-iyul – Sputnik. Nigeriyalik senartor va fuqarolar huquqlari bo‘yicha mahalliy Kongress prezidenti Shexu Sani vatandoshi Ali Abubakr o‘limi uchun Nigeriya Qirg‘iziston hukumatini javobgarlikka tortishi kerakligi haqida Twitter sahifasida post yozdi.

​Siyosatchi xorijda nigeriyalik fuqarolarga nisbatan qotilliklar soni ortib borayotganidan xavotirda ekanligini bildirdi.

Fojia 2-iyul kuni sodir bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, noma’lum shaxs nigeriyalik fuqaro Ali Abubakrning boshiga kuchli zarba bergan, buning oqibatida u yerga yuztuban yiqilgan va hushidan ketgan.

Tergov ishi dastlabki ma’lumotlariga qaraganda, erkaklar markaziy savdo markaziga kirish qismida to‘qnashishgan va ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Shu vaqtda erkak chet ellik fuqaroga zarba bergan.

Kulak - Sputnik O‘zbekiston
Bishkekda kaltaklangan nigeriyalik vafot etdi - fojiali holat aks etgan video

Nigeriya fuqarosi koma holatida jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Ertasiga ushbu holat bo‘yicha shov-shuv ko‘tarilgach, bosh vazir aybdor shaxsni topish haqida topshiriq bergan va militsiya gumonlanuvchini qo‘lga olgan.

Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, Nigeriya fuqarosi Ali Abubakir o‘ziga kelmasdan 5-iyul kuni vafot etgan.

Nigeriyalik Bishkekdagi Cambridge School direktori bo‘lgan, u poytaxtdagi "Archa-Beshik" tumanidagi qabristonga dafn etildi. Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0