Toshkentda ikkita fohishaxona aniqlandi: uch kishi qo‘lga olindi

© Fred DUFOUR / AFPDevushka legkogo povedeniya
Devushka legkogo povedeniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki erkak kvartirani go‘yoki ijaraga olib, aslida u yerda qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan. Yana bir fuqaro 300 ming so‘m evaziga “muhabbatga tashna qalblar” uchun o‘z uyida barcha sharoitlarni muhayyo qilgan.

TOShKENT, 15-iyul – Sputnik. Toshkent shahrida ikkita fohishaxona aniqlandi.

Jenshini v metro - Sputnik O‘zbekiston
Olmaotada o‘zbekistonliklar “ishlayotgan” fohishaxona aniqlandi

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 10-iyul soat 17:00da Yashnobod tumanida 42 yoshli Alisher B. va 41 yoshli Baxtiyor D. kvartirani go‘yoki ijaraga olib,  aslida u yerda foshihaxona tashkil qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, ular 100 ming so‘m evaziga “yolg‘iz qolishni istaganlarga” ijaraga olingan uydan joy berishgan.

Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 131-moddasi bo‘yicha (“Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash”) jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Xuddi shu kuni Uchtepa tumanida 40 yoshli Shamsiddin M. 300 ming so‘m evaziga “yolg‘iz qolishni istaganlarga” uydian joy bergani aniqlangan. Ushbu fakt bo‘yicha ham jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Hozirda yuqorida qayd etilgan jinoiy ishlar yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yunusobodda o‘z uyida fohishaxona ochgan shaxs qo‘lga tushgani haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0