Dunyoda

Vaqt keldi: AQShda noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish boshlandi

© FotoliaSotrudnik amerikanskoy politsii
Sotrudnik amerikanskoy politsii - Sputnik Oʻzbekiston
AQShning ayrim shaharlarida noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish maqsadida ularni hibsga olish boshlandi.

TOSHKENT, 12 iyul – Sputnik. AQShning ayrim shaharlarida noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish maqsadida ularni hibsga olish boshlandi. Bu haqda Fox News telekanali oʻz manbasiga tayangan holda xabar bermoqda.

Aktsiya protesta protiv Trampa v SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tramp: keyingi hafta noqonuniy migrantlar yoppasiga deportatsiya qilinadi

Telekanalning maʼlum qilishicha, qoʻlga olish Nyu-York va boshqa ayrim shaharlarda shanbadan yakshanbaga oʻtar kechasi boshlangan.

AQSH Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) rahbarining soʻzlariga koʻra, bunday choralar sud tomonidan mamlakatni tark etish buyurilgan muayyan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi

Eslatib oʻtamiz, iyun oyida AQSH prezidenti Donald Tramp millionlab migrantlarni chiqarib yuborish boʻyicha amaliyotlar boshlanishi haqida ogohlantirgan edi. Bir necha kun oʻtgandan soʻng Tramp demokratlar iltimosi bilan noqonuniy migrantlarning ommaviy deportatsiyasi boshlanishini keyinga qoldirishini maʼlum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala