Vaqt keldi: AQShda noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish boshlandi

© FotoliaSotrudnik amerikanskoy politsii
Sotrudnik amerikanskoy politsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShning ayrim shaharlarida noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish maqsadida ularni hibsga olish boshlandi.

TOShKENT, 12-iyul – Sputnik. AQShning ayrim shaharlarida noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish maqsadida ularni hibsga olish boshlandi. Bu haqda Fox News telekanali o‘z manbasiga tayangan holda xabar bermoqda.

Aksiya protesta protiv Trampa v SShA - Sputnik O‘zbekiston
Tramp: keyingi hafta noqonuniy migrantlar yoppasiga deportatsiya qilinadi

Telekanalning ma’lum qilishicha, qo‘lga olish Nyu-York va boshqa ayrim shaharlarda shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi boshlangan.

AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bunday choralar sud tomonidan mamlakatni tark etish buyurilgan muayan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida AQSh prezidenti Donald Tramp millionlab migrantlarni chiqarib yuborish bo‘yicha amaliyotlar boshlanishi haqida ogohlantirgan edi. Bir necha kun o‘tgandan so‘ng Tramp demokratlar iltimosi bilan noqonuniy migrantlarning ommaviy deportatsiyasi boshlanishini keyinga qoldirishini ma’lum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0