Terrorchilar juda yosharib ketdi - maxsus xizmat vakili

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishFlag radikalnoy islamistskoy organizatsii IGIL
Flag radikalnoy islamistskoy organizatsii IGIL - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Alfa” antiterror maxsus kuchlar sobiq qo‘mondoni Yuriy Pogiba yoshlar terrorchilar safiga kirib qolishining asosiy sabablarini aytib o‘tdi.

TOShKENT, 16-iyul – Sputnik. Qirg‘iziston “Alfa” antiterror maxsus kuchlar sobiq qo‘mondoni, atiterror kuchlar xalqaro assotsiatsiyasi prezidenti Yuriy Pogiba yoshlar terrorchilar safiga kirib qolishining asosiy sabablarini aytib o‘tdi. 

Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin terroristlar bilan o‘ynashish oqibatlari haqida gapirdi

Pogibaning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda KXShT mamlakatlari yoshlari bilan ideologik jihatdan ishlashni imkon qadar ertarok yo‘lga qo‘yish kerak, chunki terrorchilar yoshi juda yosharib ketmoqda.

“Masalan Checheniston urushi vaqtida terrorchi obrazi - o‘rta yoshli “soqllli amakilar” edi. Hozir bo‘lsa ularning o‘rtacha yoshi 17-23 ni tashkil qilmoqda. Terrorailar orasida hatto 12-14 yoshli bolalar ham uchraydi”, - deydi mutaxassis.

Yuriy Pogiba aytishiga qaragandan, terrorchilar yollovchilarii uchun aynan o‘smir yoshda bo‘lgan yoshlar bilan ishlashdan manfaatdor. Chunki ushbu yoshda bolalar og‘riqdan va o‘limdan qo‘rqmaydi, qahramon bo‘lishni istaydi.

Pogiba KXShT mamlakatlarida yoshlar bilan ishlash yagona strategiyasini ishlab chiqish kerak, aks holda milliy xavfsizlin uchun buning oqibatlari ayanchli bo‘lishi mumkin.

Vozrast uchastnikov terroristicheskix gruppirovok silno pomolodel — Pogiba

Yangiliklar lentasi
0