Jamiyat

Yuqumli boʻlmagan kasalliklar Oʻzbekistondagi barcha oʻlim holatlarining 78 %ni tashkil qilmoqda

© Unsplash / Anupam Mahapatra Gruppovoye zanyatiye fizicheskimi uprajneniyami. Illyustrativnoye foto
Gruppovoye zanyatiye fizicheskimi uprajneniyami. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Mutaxassislar sogʻlom turmush tarzigi amal qilish orqali Oʻzbekistonda yuqumli boʻlmagan kasalliklar sababli barvaqt oʻlim topish holatlarining oldini olish mumkinligini taʼkidlamoqda.

TOSHKENT, 16 iyul – Sputnik. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotlariga koʻra, keyingi bir necha oʻn yil ichida ortiqcha tana vazni va semizlik muammosi butun dunyoda kuchayib bormoqda. 2016 yilning oʻzida yuqumli boʻlmagan kasalliklar 40 million odamning umriga zavol boʻldi, bu esa dunyo boʻyicha barcha oʻlim holatlarining 70 foizini tashkil qiladi.

Mat s mladentsem - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Sogʻliqni saqlash vazirligi Marhamat tuman tugʻruqxonasidagi holat yuzasidan izoh berdi

“Maʼlumki, mamlakatimizda ham har yili barcha oʻlim holatlarining 78 foizi yuqumli boʻlmagan kasalliklar tufayli yuz bermoqda. 2017 yilda jinsi va yoshi boʻyicha standartlashtirilgan oʻlim sabablari umumiy koʻrsatkichida birinchi oʻrinni qon aylanish tizimi kasalliklari (69 foiz), shu jumladan, yurak ishemik kasalligi, arterial gipertoniya va uning asoratlari (miokard infarkti, bosh miyaga qon quyilishi) egalladi. Ulardan keyin xavfli oʻsmalar (8 foiz), qandli diabet (3 foiz) va nafas olish aʼzolarining surunkali kasalliklari (3 foiz) joy oldi”, - deyilgan Sogʻliqni saqlash vazirligi xabarida.

Mutaxassislar xavfli omillar profilaktikasi va yuqumli boʻlmagan kasalliklarga chalingan bemorlarga tibbiy yordamni tashkil qilish va koʻrsatish tizimini yaxshilash, shuningdek, sogʻlom turmush tarzigi amal qilish orqali Oʻzbekistonda yuqumli boʻlmagan kasalliklar sababli barvaqt oʻlim topish holatlarining oldini olish mumkinligini taʼkidlamoqda.

Shundan kelib chiqqan holda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan muntazam ravishda sogʻlom turmush tarziga rioya etish borasidagi ommaviy tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.

Skoraya pomoщ, Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Tez yordam" uchun “propiska” kerak emas – Sogʻliqni saqlash vazirligi

“Mutaxassislarning maʼlum qilishicha, haftada atigi 2,5 soatlik jismoniy faollik erta oʻlim holatlarini 28 foizga, yurak kasalliklarini ehtimolini esa 20 foizga kamaytirar ekan. Oddiygina yurish orqali yurak qon-tomir kasalliklari, insult, xavfli oʻsmalar, nafas olish aʼzolarining surunkali kasalliklari va qandli diabet kabi yuqumli boʻlmagan kasalliklarning oldini olgan boʻlamiz”, - deyilgan xabarda.

Odamlarni jismoniy faollikka chorlovchi ommaviy tadbirlarning navbatdagisi 13 iyul, shanba kuni Oʻzbekiston boʻylab tashkil etildi. Jumladan, Olmazor tumanida joylashgan Toshkent tibbiyot akademiyasi stadionida ham ommaviy gimnastika va 5 kilometr masofaga yurish mashgʻulotlariga qoʻshimcha ravishda, tibbiyot xodimlari, Xotin-qizlar qoʻmitasi, mahalla faollari va yoshlar bilan hamkorlikda “Salomatlik startlari”, “Salomatlik maydonchasi”, “Biz tamakisiz xudud uchun ovoz beramiz” tadbirlari hamda mahallalarda yoshlar bilan zararli odatlarning salbiy oqibatlari haqida suhbatlar uyushtirildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala