Hodisalar

“Qoʻyliq” bozori oldida pichoqbozlik sodir boʻldi

Qoraqalpogʻistonlik fuqaro Olmazor tumanida yashovchi 53 yoshli fuqaroga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik. Toshkent shahrining Bektemir tumani “Qoʻyliq” dehqon bozorining markaziy kirish yoʻlagida pichoqbozlik yuz berdi. Bu haqda IIV xabar qildi.

Knife - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Yana pichoqbozlik: Toshkentda kollej oʻquvchisi kursdoshini pichoqladi

Xabarda aytilishiga koʻra, 15 iyul kuni  Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanida yashovchi 39 yoshli fuqaro “Qoʻyliq” bozorining markaziy kirish yoʻlagida oʻzaro janjal tufayli Olmazor tumanida yashovchi 53 yoshli T.F.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

Natijada T.F. kasalxonaga yotqizilgan. Jinoyatchi qoʻlga olingan va holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala