Jamiyat

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” Qarshi va Shahrisabzga ikkita poyezd reysini bekor qildi

© © Sputnik / Stas EtveshPosadka passajirov na skorostnoy poyezd "Afrosiab" na vokzale goroda Samarkand
Posadka passajirov na skorostnoy poyezd Afrosiab na vokzale goroda Samarkand - Sputnik Oʻzbekiston
Ushbu kunga xarid qilingan chiptalar vokzal kassalarida toʻliq qiymatda qaytariladi.

TOSHKENT, 16 iyul – Sputnik. Joriy yilning 23 iyul kuni “Samarqand – Qarshi” uchastkasi oraligʻida profilaktika ishlari oʻtkaziladi.  Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ xabar qilmoqda.

Skorostnoy poyezd na vokzale - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
“Afrosiyob” Jizzaxda toʻxtab oʻtishni boshladi

“Shu munosabat bilan "Toshkent - Qarshi" yoʻnalishida harakatlanadigan 758/757-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi shu kuni oʻz qatnovini Toshkentdan Samarqandgacha amalga oshiradi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, ushbu sanada 8/7-sonli “Toshkent – Shahrisabz” yoʻnalishidagi tezyurar poyezd qatnovi bekor qilinadi. Ushbu kunga xarid qilingan chiptalar vokzal kassalarida toʻliq qiymatda qaytariladi.

Qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala