“O‘zbekiston temir yo‘llari” Qarshi va Shahrisabzga ikkita poyezd reysini bekor qildi

© © Sputnik / Stas EtveshPosadka passajirov na skorostnoy poyezd "Afrosiab" na vokzale goroda Samarkand
Posadka passajirov na skorostnoy poyezd Afrosiab na vokzale goroda Samarkand - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu kunga xarid qilingan chiptalar vokzal kassalarida to‘liq qiymatda qaytariladi.

TOShKENT, 16-iyul – Sputnik. Joriy yilning 23-iyul kuni “Samarqand – Qarshi” uchastkasi oralig‘ida profilaktika ishlari o‘tkaziladi.  Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar qilmoqda.

“Afrosiyob” Jizzaxda to‘xtab o‘tishni boshladi

“Shu munosabat bilan "Toshkent - Qarshi" yo‘nalishida harakatlanadigan 758/757-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi shu kuni o‘z qatnovini Toshkentdan Samarqandgacha amalga oshiradi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, ushbu sanada 8/7-sonli “Toshkent – Shahrisabz” yo‘nalishidagi tezurar poyezd qatnovi bekor qilinadi. Ushbu kunga xarid qilingan chiptalar vokzal kassalarida to‘liq qiymatda qaytariladi.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar burosidan bilib olish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0