O‘zbekistonda qancha abituriyent o‘qishga hujjat topshirdi?

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishDevushka raduyetsya svoyey familii v spiskax zachislennix abituriyentov
Devushka raduyetsya svoyey familii v spiskax zachislennix abituriyentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yilgi qabul jarayonida eng yosh abituriyent 14 yoshni, eng yoshi katta abituriyent 87 yoshni tashkil etdi.

TOShKENT, 16-iyul – Sputnik. 2019/2020 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yakunlandi. 

80-letniy Tuxtamish Sultonov podal dokumenti v visshie uchebnie zavedeniya cherez Sentr gosuslug Angorskogo rayona Surxandarinskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston
Rekord yangilandi: O‘zbekistonda 80 yoshli fuqaro o‘qishga hujjat topshirdi

Davlat test markazi ma’lumotlariga qaraganda, respublika bo‘yicha jami 60 ta oliy ta’lim muassasalari va ularning 30 ta filiallariga kirish uchun 1 mln. 66 ming 925 nafar abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Shundan kunduzgi ta’lim shakliga - 718 097 nafar, kechki ta’lim shakliga - 13 821 nafar, sirtqi ta’lim shakliga - 335 007 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 90 ta oliy ta’lim muassasalarining qabul komissiyalari va 201 ta Davlat xizmatlari markazlarida 4 500 dan ortiq operatorlar tomonidan amalga oshirildi

Bu yilgi qabul jarayonida eng yosh abituriyent 14 yoshni (14 yosh 212 kun), eng yoshi katta abituriyent 87 yoshni (87 yosh 182 kun) tashkil etdi.

Vstupitelnie ekzameni v Universitet Inxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Hujjat topshirgan abituriyentlar soni 1 millionga yaqinlashdi

Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlangan oliy ta’lim muassasasi Samarqand davlat universiteti bo‘lib, bu yerga 74 ming 377 nafar abituriyent hujjat topshirgan. 45 ming 977 nafar abituriyent tanlagan Andijon Davlat universiteti ikkinchi, Qarshi davlat universiteti esa 44 ming 676 nafar abituriyent bilan uchinchi o‘rinda qayd etilgan.

Tanlov ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan oliy ta’lim muassasasi (birinchi sifatida tanlangan ta’lim yo‘nalishiga nisbatan, bir o‘ringa) esa O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (29,47) bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0