Jamiyat

Oʻzbekistonda professional taʼlimning yangi tizimi va yangi tarmogʻi yoʻlga qoʻyiladi

© Sputnik / Vitaliy AnkovStudentы v auditorii
Studentы v auditorii - Sputnik Oʻzbekiston
Davlat rahbari yangi professional taʼlim tizimini mehnat bozori talablari bilan uygʻunlashtirish masalasiga alohida toʻxtaldi.

TOSHKENT, 16 iyul - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev uzluksiz professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi. 

Prezident matbuot xizmati xabariga koʻra, keyingi yillarda mamlakatda taʼlim tizimi modernizatsiya qilinib, oʻqitishning zamonaviy shakl va texnologiyalari joriy etilmoqda. Hududlarda yangi, shu jumladan, xorijiy taʼlim muassasalari tashkil etilib, talab yuqori boʻlgan mutaxassislar tayyorlashga sharoit yaratilmoqda.

Studentы v auditorii - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi tugatildi

Yigʻilishda oʻrta boʻgʻin mutaxassislari va ishchi kasblar boʻyicha kadrlar tayyorlashning samarali tizimini yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi. 

“Kollejlar negizida professional taʼlim muassasalarining yangi tarmogʻini shakllantirish vazifasi qoʻyildi. Ushbu muassasalarda boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlanadi. Oʻqitish muddatlari zarur bilim, malaka va koʻnikmalarning murakkabligiga qarab turlicha boʻladi” – deyiladi xabarda.

Yigʻilishda ushbu tizimni joriy qilishdan oldin uning metodologiyasini yaratish, taʼlim dasturlarini xalqaro talablar asosida yangidan ishlab chiqib, oʻqituvchi va ishlab chiqarish ustalarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish zarurligi taʼkidlandi. Yoshlarni kasb-hunarga qiziqtirish va ragʻbatlantirish boʻyicha taklif kiritish topshirildi.  

Rektor MGIMO Anatoliy Torkunov - Sputnik Oʻzbekiston
MGIMO filialida tarmoqli taʼlim shakli yoʻlga qoʻyiladi - Torkunov

Xabarda taʼkidlanishicha, davlat rahbari yangi professional taʼlim tizimini mehnat bozori talablari bilan uygʻunlashtirish masalasiga alohida toʻxtaldi. 

Joylarda ishsizlik kuzatilayotgan bir paytda ishchi kasblar boʻyicha mutaxassislarga katta ehtiyoj borligi qayd etildi. Masalan, yengil sanoatda 46 ming, qurilishda 104 ming, metallga ishlov berish boʻyicha 71 ming, xizmat koʻrsatish sohasida 67 ming nafar mutaxassis yetishmayapti. Bu taʼlim va ishlab chiqarish oʻrtasida uygʻunlik yoʻqligi oqibatidir.

Shu bois bitiruvchining ishga joylashishi yoki oʻz biznesini yoʻlga qoʻyishi taʼlim muassasalari faoliyatining asosiy mezoni boʻlishi kerakligi qayd etildi.

Yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari tashkil etildi

Prezident yangi professional taʼlim tizimi boʻyicha taklif etilgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish yuzasidan koʻrsatmalar berdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala