O‘zbekistonda professional ta’limning yangi tizimi va yangi tarmog‘i yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Vitaliy AnkovStudenti v auditorii
Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari yangi professional ta’lim tizimini mehnat bozori talablari bilan uyg‘unlashtirish masalasiga alohida to‘xtaldi.

TOShKENT, 16-iyul - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev uzluksiz professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. 

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, keyingi yillarda mamlakatda ta’lim tizimi modernizatsiya qilinib, o‘qitishning zamonaviy shakl va texnologiyalari joriy etilmoqda. Hududlarda yangi, shu jumladan, xorijiy ta’lim muassasalari tashkil etilib, talab yuqori bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashga sharoit yaratilmoqda.

Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi tugatildi

Yig‘ilishda o‘rta bo‘g‘in mutaxassislari va ishchi kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlashning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. 

“Kollejlar negizida professional ta’lim muassasalarining yangi tarmog‘ini shakllantirish vazifasi qo‘yildi. Ushbu muassasalarda boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlanadi. O‘qitish muddatlari zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarning murakkabligiga qarab turlicha bo‘ladi” – deyiladi xabarda.

Yig‘ilishda ushbu tizimni joriy qilishdan oldin uning metodologiyasini yaratish, ta’lim dasturlarini xalqaro talablar asosida yangidan ishlab chiqib, o‘qituvchi va ishlab chiqarish ustalarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish zarurligi ta’kidlandi. Yoshlarni kasb-hunarga qiziqtirish va rag‘batlantirish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.  

Rektor MGIMO Anatoliy Torkunov - Sputnik O‘zbekiston
MGIMO filialida tarmoqli ta’lim shakli yo‘lga qo‘yiladi - Torkunov

Xabarda ta’kidlanishicha, davlat rahbari yangi professional ta’lim tizimini mehnat bozori talablari bilan uyg‘unlashtirish masalasiga alohida to‘xtaldi. 

Joylarda ishsizlik kuzatilayotgan bir paytda ishchi kasblar bo‘yicha mutaxassislarga katta ehtiyoj borligi qayd etildi. Masalan, yengil sanoatda 46 ming, qurilishda 104 ming, metallga ishlov berish bo‘yicha 71 ming, xizmat ko‘rsatish sohasida 67 ming nafar mutaxassis yetishmayapti. Bu ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasida uyg‘unlik yo‘qligi oqibatidir.

Shu bois bitiruvchining ishga joylashishi yoki o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi ta’lim muassasalari faoliyatining asosiy mezoni bo‘lishi kerakligi qayd etildi.

Yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari tashkil etildi

Prezident yangi professional ta’lim tizimi bo‘yicha taklif etilgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Yangiliklar lentasi
0