Rossiyadan yo‘lbars va qoplon bolasini olib chiqishga uringan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

© Press-slujbaDesat novix kotat leoparda zamecheno v natsionalnom parke RF
Desat novix kotat leoparda zamecheno v natsionalnom parke RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Krasnodar aeroporti orqali o‘ta qimmat yirtqich hayvonlarni olib chiqishga uringan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi.

TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. Krasnodar aeroporti orqali qoplon va yo‘lbars bolalarini olib chiqishga harakat qilgan O‘zbekiston fuqarosi ushlandi, deb xabar qildi Krasnodar bojxona xizmati matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, Krasnodar aeroportida bojxonachilar tomonidan “yashil yo‘lak” orqali o‘tayotgan 1985-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosiga tegishli qo‘l yuki bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Qo‘l yuklari orasida hayvonlarni olib o‘tish uchun mo‘ljallangan ikki dona konteyner borligi aniqlandi. Konteyner ichida uch bosh yirqich hayvonlarning bolalari bo‘lgan.

© Federalnaya tamojennaya slujba RFKrasnodarskimi tamojennikami presechena popitka nezakonnogo peremesheniya cherez granitsu dvux detenishey leoparda i odnogo bengalskogo tigrenka
Rossiyadan yo‘lbars va qoplon bolasini olib chiqishga uringan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi - Sputnik O‘zbekiston
Krasnodarskimi tamojennikami presechena popitka nezakonnogo peremesheniya cherez granitsu dvux detenishey leoparda i odnogo bengalskogo tigrenka

Krasnodar hayvonot bog‘i boshlig‘ining xulosasiga ko‘ra, aniqlangan hayvonlar - ikki boshi 1,5 oylik qoplon (Panthera pardus) bolasi va bir bosh 2,5 oylik oq yo‘lbars (Panthera tigris tigris var. Alba) bolasi ekanligi ma’lum bo‘ldi.

© Federalnaya tamojennaya slujba RFKrasnodarskimi tamojennikami presechena popitka nezakonnogo peremesheniya cherez granitsu dvux detenishey leoparda i odnogo bengalskogo tigrenka
Rossiyadan yo‘lbars va qoplon bolasini olib chiqishga uringan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi - Sputnik O‘zbekiston
Krasnodarskimi tamojennikami presechena popitka nezakonnogo peremesheniya cherez granitsu dvux detenishey leoparda i odnogo bengalskogo tigrenka

Qoplon Rossiya Federatsiyasining Qizil kitobi va o‘ta qimmat yirtqich hayvonlar ro‘yxatiga kiritilgan.

© Federalnaya tamojennaya slujba RFKrasnodarskimi tamojennikami presechena popitka nezakonnogo peremesheniya cherez granitsu dvux detenishey leoparda i odnogo bengalskogo tigrenka
Rossiyadan yo‘lbars va qoplon bolasini olib chiqishga uringan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi - Sputnik O‘zbekiston
Krasnodarskimi tamojennikami presechena popitka nezakonnogo peremesheniya cherez granitsu dvux detenishey leoparda i odnogo bengalskogo tigrenka

Jonivorlar Krasnodar hayvonot bog‘iga joylashtirildi, hozir ularning aniq qiymati hisoblanmoqda.

Yirtqich hayvonlarni chegaradan olib o‘tishga uringan shaxsga qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Jinoiy ish materiallari transport prokuraturasiga yuborildi.

Yangiliklar lentasi
0