Toshkentda Lacetti haydovchisi uxlab qolib, ko‘cha yoritgichi ustuniga borib urildi

© GUVD g. TashkentaMujchina usnul za rulem Lacetti i vyexal v stolb
Mujchina usnul za rulem Lacetti i vyexal v stolb - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haydovchi YTH tufayli olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan. Biroq shifokorlarning urinishiga qaramay vafot etgan.

TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. Yakkasaroy tumanidagi Toshkent halqa avtomobil yo‘lida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent IIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

DTP v Jambilskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda YTHda O‘zbekiston fuqarosi qurbon bo‘ldi

Ma’lum qilinishicha, YTH bugun, 17-iyul kuni soat 3:30lar atrofida ro‘y bergan. 33 yoshli Temur I. o‘zining Lacetti rusumli avtomobilida yo‘lning qarama-qarshi tarafiga chiqib ketgan va ko‘cha yoritgichi ustuniga borib urilgan.

Haydovchi YTH tufayli olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan. Biroq shifokorlarning urinishiga qaramay vafot etgan.

Xabarda YTHga haydovchining rulda uxlab qolgani sabab bo‘lgani qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0