O‘zbekiston terma jamoasining JCh-2022 saralashi 2-bosqichidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futbolu na China Cup 2019
Sbornaya Uzbekistana po futbolu na China Cup 2019 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qatardagi JCh 2022-yilning noyabr-dekabr oylariga belgilangan.

TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda joylashgan Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh qarorgohida Jahon chempionati-2022 hamda Osiyo kubogi-2023 musobaqalari saralash bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’a natijasiga ko‘ra, Ektor Kuper shogirdlari “D” guruhidan o‘rin oldi. Ushbu guruhda O‘zbekiston Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman va Singapur termalariga qarshi maydonga tushadi.

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaOpredelilis soperniki Uzbekistana na matchi otborochnogo tura Chempionata mira-2022 i Kubka Azii-2023
O‘zbekiston terma jamoasining JCh-2022 saralashi 2-bosqichidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Opredelilis soperniki Uzbekistana na matchi otborochnogo tura Chempionata mira-2022 i Kubka Azii-2023

2-bosqich o‘yinlari joriy yilning 5-sentabridan boshlanadi. Yakunda 8ta guruh g‘oliblari va 2-o‘rin egalaridan eng yaxshi ko‘rsatkichga ega 4ta jamoa (jami 12ta terma) JCh saralashining keyingi bosqichiga chiqadi va Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Bor e’tiborimiz Jahon chempionati saralashiga qaratilgan - Ektor Kuper

Eslatib o‘tamiz, Qatardagi JCh-2022 yilning noyabr-dekabr oylarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0