Belarusda Alisher Navoiy busti ochiladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik qizg‘in kechmoqda

TOShKENT, 18-iyul - Sputnik. Iyul oyi oxirida Belarus Respublikasida buyuk mutafakkir, shoir Alisher Navoiy busti ochilish marosimi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev bugun OAV vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ma’lum qildi.

 Prezident Respubliki Belorussiya Aleksandr Lukashenko  - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko O‘zbekistonga keladi: bu shunchaki “quruq” kelib-ketish bo‘lmaydi

"Iyul oyi oxirlarida Belarusda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi, biz katta konsert dasturini tayyorlayapmiz. Dasturda Mustaqillik yillaridagi O‘zbekiston namoyish etiladi. Ellikdan ziyod kishi jalb qilingan", - dedi Sayfullayev.

Madaniyat vaziri shuningdek, O‘zbekiston prezidentining rasmiy tashrifi arafasida Belarusda buyuk mutafakkir Alisher Navoiy busti ochilish marosimi bo‘lib o‘tishini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko 2018-yilning 12-14 sentabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurib, O‘zbekiston yetakchisi bilan uchrashgan. Ushbu tashrif oldidan O‘zbekiston poytaxtida belaruslik yozuvchi Yakub Kolas bustining ochilish marosimi o‘tkazilgan.

Yangiliklar lentasi
0