Bir yil ichida nechta O‘zbekistonga kirish elektron vizasi berilgani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishViza v pasporte
Viza v pasporte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
E-vizani rasmiylashtirish bo‘yicha murojaatlarning aksariyati Xitoy, Hindiston va AQSh fuqarolaridan kelib tushgan.

TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. 2018 yilning iyulidan bugungi kunga qadar O‘zbekistonga kirish uchun xorijiy fuqarolardan tushgan arizalar soni 60 mingga yaqinlashdi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 58 761 nafar xorijliklarga elektron viza berilgan.

E-visa᾽ni rasmiylashtirish bo‘yicha murojaatlarning aksariyati Xitoy (22 785), Hindiston (12 372) va AQSh (8 682) fuqarolaridan kelib tushgan.

Aziz Abduxakimov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston rossiyalik sayyohlarni jalb qilish strategiyasini ishlab chiqdi - Aziz Abduhakimov

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018-yil 4-iyuldagi 3836-sonli “O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2018-yil 15-iyuldan boshlab 96 mamlakat fuqarolariga elektron vizalar berish tizimi joriy etilgan.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda chet el fuqarolarining Respublikaga kirish tartibini yanada takomillashtirilishi uchun ro‘yxatga olish jarayonida yuzaga keladigan har bir masalani ko‘rib chiqish yo‘li bilan elektron arizalarni qabul qilish tartibini optimallashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston turistlar oqimini 10 million kishigacha oshirmoqchi ekanligi xabar qilingan edi. Turizm qo‘mitasi raisi v.b. Abdulaziz Akkulov O‘zbekistonda 2018-yilda turizm xizmatlari eksporti 546 mln. dollardan 1 mlrd 40 mln. dollargacha oshganini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0