Termizda ikki fohisha ayol chet ellikni tunab ketdi

© AFP 2023 / VALERY HACHEDevushki legkogo povedeniya
Devushki legkogo povedeniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Termiz shahrida fuqaro yashash uyida qo‘shni davlat fuqarosi va ikki nafar ayolning jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergan. Natijada ikki ayol erkakning mastligidan unumli foydalanib, uni tunab ketishdi.

TOShKENT, 18-iyul – Sputnik. Surxondaryo viloyatida o‘g‘irlik sodir etgan va fohishaxona tashkil qilgan shaxslar qo‘lga olindi.

IIV xabariga ko‘ra, 15-iyul kuni Termiz shahri istiqomat qiluvchi 52 yoshli N.Q. yashash uyida qo‘shni davlat fuqarosi, vaqtincha Termiz shahrida joylashgan mehmonxonada yashovchi 35 yoshli S.O., Sherobod tumanida yashovchi 26 yoshli Sh.S. va Termiz shahar Jo‘yjangal mahallasida yashovchi 25 yoshli J.M. ismli ayollarning jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergan.

Jenshini v metro - Sputnik O‘zbekiston
Olmaotada o‘zbekistonliklar “ishlayotgan” fohishaxona aniqlandi

Xabarda yozilishicha, shundan so‘ng ikki nafar ayol S.O.ning mastligidan foydalanib, uning 600 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganlar.

“Sh.S. va J.M.lar ushlanganlar. Mazkur holat yuzasidan Sh.S. va J.M.larga nisbatan o‘g‘irlik qilgani, N.Q.ga nisbatan fohishaxona tashkil etish bilan shug‘ullangani uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, - deyiladi xabarda.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentda ikkita fohishaxona aniqlanib, uch kishi qo‘lga olingani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0