Yuridik kollejlarga abituriyentlardan hujjat qabul qilish muddati uzaytirildi

© TelegramV Uzbekistane otmenili medspravku dlya abituriyentov
V Uzbekistane otmenili medspravku dlya abituriyentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yuridik kollejlarga abituriyentlardan hujjat qabul qilish muddati 17-avgustgacha uzaytirildi.

TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda yuridik kollejlarga abituriyentlardan hujjat qabul qilish muddati 17-avgustgacha uzaytirildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanalida ma’lum qilindi.

O‘zbekiston Adliya vazirligining yuridik kollejlariga abituriyentlarning o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari yuridik kollejlar qabul komissiyalari tomonidan 2019-yilning 1-iyunidan 20-iyunigacha (shu kuni ham) qabul qiliningan edi.

Vstupitelnie ekzameni v Universitet Inxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Hujjat topshirgan abituriyentlar soni 1 millionga yaqinlashdi

“Hujjat topshira olmagan ko‘plab abituriyentlar hamda ularning ota-onalarini murojaatlari bo‘yicha Hukumat tomonidan yuridik kollejlarga abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish muddatini joriy yilning 17-avgustigacha davom ettirishga rozilik berildi”, - deyiladi xabarda.

Yuridik kollejlarda abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish jarayoni yana boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1 mln.dan ziyod abituriyentlar o‘qishga hujjat topshirdi.

Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlangan oliy ta’lim muassasasi Samarqand davlat universiteti bo‘lib, bu yerga 74 ming 377 nafar abituriyent hujjat topshirgan.

Tanlov ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan oliy ta’lim muassasasi sifatida O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0