Jamiyat

Atambayev kuch ishlatish yoʻli bilan qoʻlga olinadimi - voqea joyidan reportaj

© Sputnik / Nuris AlыmbayevKak storonniki Atambayeva gotovyatsya k yego vozmojnomu "zaxvatu"
Kak storonniki Atambayeva gotovyatsya k yego vozmojnomu zaxvatu  - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Atambayevning jamoatchilik asosida ishlaydigan maslahatchisi oʻzining Facebookdagi sahifasida huquq-tartibot organlari xodimlari mamlakat sobiq rahbarini kuch ishlatish yoʻli bilan qoʻlga olishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi

TOSHKENT, 19 iyul - Sputnik. Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev uyi hududida joylashgan xalq shtabida Atambayevning kuch ishlatish yoʻli bilan qoʻlga olinishiga qarshi tayyorgarlik koʻrilmoqda. Hozirda siyosatchining 200 nafar tarafdori ushbu shtabda boʻlib turmoqda. Sputnik Qirgʻiziston xabari asosida.

© Sputnik / Nuris AlыmbayevKak storonniki Atambayeva gotovyatsya k yego vozmojnomu "zaxvatu"
Atambayev kuch ishlatish yoʻli bilan qoʻlga olinadimi - voqea joyidan reportaj - Sputnik Oʻzbekiston
Kak storonniki Atambayeva gotovyatsya k yego vozmojnomu "zaxvatu"

Kuni kecha, 18 iyul kuni Atambayevning jamoatchilik asosida ishlaydigan maslahatchisi Kunduz Joldubayeva militsiya uni kuch ishlatish yoʻli bilan qoʻlga olishni rejalashtirayotganini maʼlum qilgan edi.

Atambayev uchinchi marta IIVga chaqirtirildi >>>

Sal vaqt oʻtib, IIV matbuot-xizmati bu xabarni rad etdi va bunday buyruq boʻlmaganini maʼlum qildi.

© Sputnik / Nuris AlыmbayevKak storonniki Atambayeva gotovyatsya k yego vozmojnomu "zaxvatu"
Atambayev kuch ishlatish yoʻli bilan qoʻlga olinadimi - voqea joyidan reportaj - Sputnik Oʻzbekiston
Kak storonniki Atambayeva gotovyatsya k yego vozmojnomu "zaxvatu"

Ayni vaqtda Atambayevning uyiga kiraverishda oʻnlab avtomobillar joy olgan, ikkinchi kirish joyi yuk mashinasi bilan toʻsilgan, sobiq prezident uyining ikkinchi qavati derazalari qum toʻla qoplar bilan toʻsib qoʻyilgan. Xalq shtabidagilarning aytishiga koʻra, hozirda Atambayev tarafdorlari kelishi kutilmoqda, ular orasida ot minganlari ham boʻlishi qoʻshimcha qilingan.

Prezident Kыrgыzstana Almazbek Atambayev - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Atambayev mamlakatni bir necha kunga tark etishi mumkinligini istisno qilmadi

Eslatib oʻtamiz, Almazbek Atambayevga soʻroqqa kelish haqidagi birinchi chaqiruv qogʻozi 9 iyulda kelgan. Biroq sobiq prezident soʻroqqa borishdan bosh tortib, chaqiruv qogʻozini hatto qoʻliga olmasligini aytgan. 

Qirgʻiziston parlamenti 20 iyun kuni maxsus komissiya tomonidan tayyorlangan Atambayevga qarshi ayblovlar roʻyxatini prokuraturaga topshirdi. Xulosaga koʻra, Atambayev bir nechta jinoyatlarni sodir etishda gumonlanmoqda. Agar sud sobiq prezidentni aybdor deb topsa, u umrbod qamoq jazosiga mahkum qilinishi mumkin.

Atambayev oʻziga qoʻyilayotgan ayblovlar "safsata"dan boshqa narsamasligini maʼlum qilib, "men xalqqa halol xizmat qilganman", deya taʼkidlagan.

Yangiliklar lentasi
0