Mirziyoyev Jahon banki delegatsiyasini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vo vremya vstrechi s predstavitelyami Vsemirnogo banka
Shavkat Mirziyoyev vo vremya vstrechi s predstavitelyami Vsemirnogo banka - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Bank Oʻzbekistonda ustuvor tarmoqlarda amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlarning surʼati va natijadorligini yuksak baholayotgani qayd etildi

TOSHKENT, 19 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 iyul kuni Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha vitse-prezidenti Siril Myuller boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot-xizmati.

Jamiyat
Jahon banki Oʻzbekistonga $50 million ajratadi

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Jahon banki oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Bank-moliya sektori va davlat korxonalarini isloh qilish, taʼlim, tadbirkorlik va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik shartlarida infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Siril Myuller Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Jahon banki prezidenti Devid Melpassning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Bank Oʻzbekistonda ustuvor tarmoqlarda amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlarning surʼati va natijadorligini yuksak baholayotgani qayd etildi.

Siril Myuller mamlakat va butun mintaqaning barqaror taraqqiyoti yoʻlida Oʻzbekiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish borasida Jahon bankining intilishi qatʼiy ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Yangiliklar lentasi
0