Dunyoda

Portugaliyada ayol qip-yalangʻoch holda 45 metrli koʻprikdan sakradi - video

CC BY-SA 3.0 / apfelkraut_org / Ponti-di-Don-Luish IMost Ponti-di-Don-Luish I
Most Ponti-di-Don-Luish I - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Portugaliyada ayol yalangʻoch holda 45 metrli koʻprikdan sakradi.

TOSHKENT, 19 iyul – Sputnik. Portugaliyada ayol yalangʻoch holda 45 metrli koʻprikdan sakradi. Bu koʻprik Portu yaqinida joylashgan. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Bu koʻprikning nomi Ponti-di-Don-Luish I, u Doru daryosi ustidan oʻtgan boʻlib, temir yoʻl, avtomobil va piyoda qatnov uchun moʻljallangan. Koʻprik Portu shahrining oʻziga xos ramzi hisoblanadi.

Videoda ayol yigit bilan birga koʻprik ustunida turgani, keyinchalik esa ayol kiyimlarini toʻliq yechib, daryoga sakrashi aks etgan.

Video lavhadan shu maʼlum boʻldiki, ayol daryodan suzib oʻtib, qirgʻoqqa chiqdi.  

Ayolning shaxsi nomaʼlum. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, u juda mast holatda boʻlgan ekan.

Voqea joyiga politsiya keldi, biroq ayol gʻoyib boʻldi. Politsiya tartibbuzarni ushlashga muvaffaq boʻlmadi.

Yangiliklar lentasi
0