Prezident maktablariga asosiy qabul imtihonlari qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishShkolniki vo vremya peremeni, arxivnoe foto
Shkolniki vo vremya peremeni, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Cambridge Assessment International Education” tashkiloti 29-iyundan 2-iyulga qadar Prezident maktablariga saralash imtihonlarini o‘tkazgan edi.

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. 21-24 iyul kunlari Namangan, Nukus, Xiva va Toshkent shaharlarida Prezident maktablariga asosiy qabul imtihonlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Shavkat Mirziyoyev posetil shkolu Temurbeklar maktabi v Fergane - Sputnik O‘zbekiston
Prezident maktablariga imtihon ikki bosqichda o‘tkaziladi

Shu bilan birga, hozirgi kunda Xalq ta’limi vazirligi asosiy imtihon natijalariga ko‘ra Prezident maktabiga qabul qilinmagan bir guruh o‘quvchilarni boshqa ixtisoslashgan maktablarga imtihonsiz qabulni tavsiya qilishni rejalashtirmoqda.

“Cambridge Assessment International Education” (Buyuk Britaniya) tashkiloti 29-iyundan 2-iyulga qadar Prezident maktablariga saralash imtihonlarini o‘tkazgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 20-fevralida prezident Shavkat Mirziyoev “Prezident maktablarini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarorni imzolagan edi. Hujjatga ko‘ra, Prezident maktablari mamlakatning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

Yangiliklar lentasi
0