TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Toshkent shahar IIBB tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari dam olish kunlarisiz ishlashini eslatib oʻtdi.
“Shanba va yakshanba kunlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlarida ish kunlaridir. Ish vaqti – 8.00 dan 20.00 gacha”, - deyiladi IIBB xabarida.
Bu fuqarolarning biometrik pasport olishi uchun vaqtni qulaylashtirish maqsadida tashkillashtirilgan.
Shuningdek, endilikda yakshanba kunlari barcha tuman MvaFRBlariga pasport-viza tartibi bilan bogʻliq boshqa masalalar boʻyicha ham murojaat qilish mumkin. Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish masalasi, propiska va roʻyxatdan chiqish masalalari shular jumlasidandir.
Yangi oʻzgarish: xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishga doir hujjat tasdiqlandi
IIBB 2020 yilning 1 yanvariga qadar barcha Oʻzbekiston fuqarolarida biometrik pasport boʻlishi lozimligini eslatib oʻtgan.