XTV xalq e’tiroziga sabab bo‘lgan qarorni muhokamaga qo‘ydi

© Sputnik / Anton Unisin / Mediabankka o‘tishPustie parti v odnom iz klassov
Pustie parti v odnom iz klassov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘shimcha kvota asosida ota-onalarning ixtiyoriy roziligi bilan pullik to‘lov orqali maktabga joylashtirish tartibi bekor qilinmoqda. Ya’ni bu o‘zgartirishlar kuchga kirsa, qo‘shimcha bir marotabalik to‘lov orqali mikrohududidan tashqaridan o‘quvchini joylashtirish imkoniyati umuman yo‘q bo‘ladi

TOShKENT, 20-iyul - Sputnik. O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi bolalarni maktabga qabul jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni muhokamaga qo‘ydi. Vazirlik fuqarolardan loyihaga faol munosabat bildirishni so‘ragan, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Shavkat Mirziyoyev posetil shkolu imeni Muxammada Yusufa v Andijane - Sputnik O‘zbekiston
Shermatov: muhokamalarga sabab bo‘lgan qaror Konstitutsiyaga zid emas

Ma’muriy reglamentga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Qo‘shimcha kvota quyidagilarga ajratilishi belgilanmoqda:

1) mikrohududda doimiy propiska asosida yashayotgan fuqarolarning tegishli yilning 1-sentabriga qadar 6 yoshga to‘ladigan bolalariga;

2) umumiy o‘rta ta’lim muassasasida faoliyat yurituvchi pedagog va xodimlar farzandlariga;

 3) akasi yoki opasi mazkur umumiy o‘rta ta’lim muassasasida ta’lim olayotgan oilalarning maktab yoshiga yetgan farzandlariga;

4) umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga biriktirilgan mikrohududda istiqomat qilayotgan harbiy xizmatchilarning farzandlariga.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi ma’muriy reglamentda ota-onalarning ixtiyoriy roziligi asosida eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida to‘lovni amalga oshirganidan so‘ng quyidagilar uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan:

 a) mikrohududdan tashqarida istiqomat qilayotgan maktab yoshidagi bolalar;

b) mikrohudud va mikrohududdan tashqari maktab yoshiga yetmagan, ya’ni tegishli yilning 1-yanvaridan 31-avgustiga qadar 7 yoshga to‘lmaydigan bolalar;

v) umumta’lim muassasalarida (mikrohudud va mikrohududdan tashqari) ta’lim berish tili bo‘yicha boshlang‘ich bilim (muloqot qilish) ko‘nikmasiga ega bo‘lmagan bolalar uchun ariza beruvchilarning ixtiyoriy roziligi asosida yig‘im undiriladi.

Bundan tashqari, ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari uchun to‘lov miqdori hamda qo‘shimcha kvota bo‘yicha ota-onalarning ixtiyoriy roziligi hamda Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadigan to‘lov bekor qilinmoqda.

Qo‘shimcha kvota asosida ota-onalarning ixtiyoriy roziligi bilan pullik to‘lov orqali maktabga joylashtirish tartibi bekor qilinmoqda. Ya’ni bu o‘zgartirishlar kuchga kirsa, qo‘shimcha bir marotabalik to‘lov orqali mikrohududidan tashqaridan o‘quvchini joylashtirish imkoniyati umuman yo‘q bo‘ladi.

Ministr narodnogo obrazovaniya Sherzod Shermatov - Sputnik O‘zbekiston
Sherzod Shermatov nufuzli maktab direktorlari xususida o‘z fikrini bildirdi

Qo‘shimcha kvota yuqorida ta’kidlangan toifadagi shaxslar uchun belgilanmoqda.

Qaror loyihasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi joriy yilning 5-avgustga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-maydagi qarori bilan "Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti" tasdiqlangan. Ma’muriy reglament ijtimoiy tarmoqlar, OAV, internet tarmog‘i hamda jamoatchilik orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Ushbu ma’muriy reglamentga muvofiq, joriy yilning 21-iyunidan boshlab, Toshkent shahrining 81 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfiga bolalarni davlat xizmatlari markazi orqali qabul qilish jarayonlari boshlangan. Vazirlik xabariga ko‘ra, shu kunga qadar 3330 nafar bola biriktirilgan mikrohudud doirasida ushbu 81 ta davlat umumta’lim maktablariga tegishli yo‘llanmalar asosida korrupsiyasiz qabul qilindi.

Yangiliklar lentasi
0