Dunyoda

Eron hibsga olgan tankerning ekipaji sogʻ va omon

© Sputnik / Dmitriy Korobeynikov / Fotobankka oʻtishTanker v Kaspiyskom more
Tanker v Kaspiyskom more - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Eron hibsga olgan Britaniya tankerining ekipaj aʼzolari haqida xabar tarqatdi.

TOSHKENT, 21 iyul – Sputnik. Eron hukumati 19 iyul kuni qoʻlga olingan Stena Impero tankerining ekipaj aʼzolari sogʻ-salomat ekanligini va ularga hech qanday xavf tahdid solmayotganini xabar qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

“Tanker xavfsiz joyda turibdi, 23 nafar ekipaj aʼzolari uning bortida. Ular orasida hindistonliklar, rossiyaliklar, filippinlar va latviyaliklar bor. Ularning barchasi sogʻ-salomat. Ularga hech qanday xavf tahdid qilmayapti”, - deyilgan xabarda.

19 iyul kuni Eron maxsus kuchlari Britaniya bayrogʻi ostida harakatlanayotgan Stena Impero tankerini hibsga olib Badar-Abbas portiga olib kelgan edi. Eronning ushbu harakatlari Britaniya hukumati buyrugʻi bilan Eron tankerining hibsga olinishiga qarshi qoʻyilgan qadam deb qabul qilinmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 4 iyul kuni Gibraltar Eronga tegishli boʻlgan “Grace 1” kemasining hibsga oligan edi. Sud tanker ekipajini 15 avgustgacha hibsga olgan. Ayblov – YEI sanktsiyalariga rioya qilmagan holda Suriyadan neft tashish.

Yuqorida nomi keltirilgan Stena Impero ham aynan shunday faoliyat bilan – yaʼni Suriyadan neft kontrabandasi bilan shugʻullanayogan boʻlgan. Faqat u Britaniya bayrogʻi ostida harakatlanayotgan boʻlgan.

Yangiliklar lentasi
0