Turkmaniston elchixonasi Berdimuxamedov vafot etgani inkor qildi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tish Prezident Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedov
 Prezident Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkmaniston elchixonasi Berdimuxamedov vafot etgani haqidagi xabarlarni mutlaq yolg‘on dedi.

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Moskvadagi Turkmaniston elchixonasi Berdimuxamedov vafot etgani haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi, Sputnik live kanaliga asosan.  

"Bu yolg‘on, soxta xabar. Bu ma’lumot haqiqatga mutlaq to‘g‘ri kelmaydi", - dedi Turkmaniston elchixonasi vakili jurnalistlaga.  

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin"Govorit Moskva" radiostansiyasi, siyosatchi Aslan Rubayevning so‘zlariga asosan, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov vafot etdi, deb xabar tarqatgan edi.

Shundan so‘ng bir necha OAVlar va blogerlar shov-shuv ilinjida ushbu xabarni, tezlik bilan keng ommaga tarqatib yuborishdi. Vaholanki u rasmiy rasmiy Turkmaniston yoki ushbu mamalkat OAVlari tomonidan tasdiqlanmagan edi. 

Yangiliklar lentasi
0